O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–2733-son qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazishda ishtirok etish yuridik xizmatlarning asosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Shu maqsadida joriy yilning 16-iyun kuni tuman hokimligi xodimlari uchun seminar trening o‘tkazildi. Seminarda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ–838-son Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi va tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va qonun hujjati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.