O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar”PQ-92-son qarorining 3-ilova 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil 21 iyun kuni Zomin tumani G‘allakor qishloq fuqarolar yig‘inida Uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda «Nuroniy» jamg‘armasi Zomin tumani bo‘limi mutaxassisi S.Alimova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M.Raxmonov, G‘allakor qishloq fuqarolar yig‘ini raisi N.Jaylovovlar mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.
Tadbirni G‘allakor qishloq fuqarolar yig‘ini raisi N.Jaylovov kirish so‘zi bilan ochib, tadbirdan ko’zlangan maqsad yoshlarda millat qahramonlari, ajdodlar va ustozlardan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ota-onaga, yoshi kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat hissini shakllantirish, ularning turli zararli oqimlarga qo‘shilmaslik g‘oyalari ostida tarbiyalash, bugungi kunda inson manfaatini ulug‘lash borasida davlatimiz va muxtaram yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatiga to’xtab o‘tildi.
Shuningdek tadbirda «Nuroniy» jamg‘armasi Zomin tumani bo‘limi mutaxassisi S.Alimova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M.Raxmonov, keksa avlod vakillaridan mehnat faxriylari Fozilov Ismat, Xo‘rozova Buvxollar so‘zga chiqib xalqimiz jumladan nuroniylar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun muxtaram yurtboshimizga, davlatimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, nuroniylar barcha jabhalarda jumladan yoshlar tarbiyasida o‘z bilim tajribalaridan kelib chiqib mahalla hayotida har doim faol bo‘lishlarini, mahalla raisiga qanot bo‘lishlari to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdilar.
Nuroniy jamg‘armasi
Zomin tumani bo‘limi raisi
U.Oqqulov