Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan.
2023 yil 13 iyul kuni soat 13:00 larda, Zomin tumani hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga molik 4R34 “Jizzax-Zomin-Savot-Yangiobod” avtomobil yo‘lining 17-km.da, 1956 yilda tug‘ilgan haydovchi “Cobalt” rusumli, 25R603GA davlat raqam belgili avtomashinani boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, piyodalar yo‘lkasida turgan, 1991 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib YTH sodir qilgan.
Natijada: piyoda tan jaroxati olib “Chap kurak bo‘yinchasi yopiq sinib siljishi” tashxisi bilan Zomin TMKga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.