Joriy yilning 25 iyul kuni Zomin tumani Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish davr talabi”, aholi, jumladan xotin-qizlar o‘rtasida kiyinish madaniyati, yurish-turish odoblarini targ‘ib qilish, noan’anaviy o’ranish, kiyinish kabi salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Zomin tumani targ‘ibot guruhi rahbari S.Alimova, Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli D.Jumanova, mehnat faxriysi hoji ona M.Fozilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4436 sonli qarorining mazmun mohiyati diniy-ma’rifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda “Jaholatga qarshi - ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarni hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish, shuningdek ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qaror ekanligi xususida tuxtalib o‘tildi. Shuningdek bugungi kunda keng jamoatchilik nazaridan chetda qolayotgan holatlar, yoshlarning kiyinish madaniyatiga e’tibor qaratilmayotganligi, qizlarimizning o‘zbek urf-odatlariga mos kiyinamayotganligi, yosh yigitlarning beo‘xshov soqol qo’yayotganligi, ota-onalar o‘z farzandlariga to‘g‘ri yo‘ldan yurishni va kiyinish odoblariga rioya qilishni, birovning haqqiga xiyonat qilmaslikni xalol va pok yashashlikni shuningdek badanga chiziladigan chizmalar dinimizda qoralanganligini, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish borasida to’xtalib o‘tildi.