Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko‘p va yirik mablag‘ talab etmaydigan xo‘jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini taminlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar chegaralanganligi sharoitida istemol bozorini shakllantirish va uni to‘ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar istemol talabining o‘zgarishiga darhol moslashadi va shu yo‘l bilan istemol bozoridagi zaruriy muvozanatni taminlaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik shakllarining rivojlanishi keng ko‘lamda erkin tovar ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlar katlami faoliyatini rivojlantirishni taqazo etadi. Shunday ekan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqgisodiyot tuzilmalarida eng oldingi o‘rinlarni egallashi kerak. Buning uchun esa bugungi kunda kichik biznes sub’ektlari raqobatbardoshligini ta’minlash va ular faoliyatida restrukturizatsiya jarayonlarini kuchaytirish muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Xozirgi kunga kelib yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi ortib borishi natijasida kichik biznes sub’ektlari soni tobora ko‘payib bormoqda. Jumladan Zomin tumanida 2023 yilning iyun oyi xolatiga kichik biznes sub’ektlari soni 2199 tani tashkil etib, shundan 245 tasi yanvar-iyun oylarida yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlaridir.
Xozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga alohida e’tibor qaratilib, bu jarayon yangi innovatsiyalar va tashabbuskorlikni talab etib, shular asosidagina (resurslarni tejab, sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘li bilan) iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Buning uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar fan va texnikada erishilgan eng so‘ngi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Tuman statistika bo‘limi