Joriy yilning 5-6 avgust kunlari Zomin tumanidagi Oqmarol dam olish maskanida Xindistonning Avantika medex kompaniyasi xamda O’zbekistonning Shifokor82 oilaviy korxonasi vakillari ishtirokida biznes uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda Zomin-farm erkin iqtisodiy xududida umumiy qiymati 15 mln dollar bo’lgan farmasevtika maxsulotlari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish loyixasini amalga oshirish bo’yicha bitim imzolandi.
EIZ dan 11.35 gektar yer maydoni auksion orqali olinib, 1000 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi, joriy yilning oxirigacha loyixaning 1 bosqichi qurilish ishlari yakunlanishi kelishib olindi.