Respublika Bosh prokurorning o‘rinbosari S.Samadov xizmat safari bilan Zomin tumanidagi ayollar “Muruvvat” uyida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi.
Tashrif davomida qurilish ishlari birma-bir ko‘zdan kechirilib, zarur tavsiyalar berildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlaridan kamchiliklar aniqlanib, mas’ullar hamda qurilish tashkiloti vakillariga ta’mirlash ishlarini tezkor va sifatli yakunlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.