O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston faxriylarining itjtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi hamkorligida joriy yilning 1 avgustidan 1 sentyabrigacha Respublikada “Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi" deb e’lon qilinishi munosabati bilan tumanning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi nuroniylarning profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tumandagi barcha tibbiyot muassasalarida tibbiy ko’riklar tashkil etilmoqda.
Bugun shunday tibbiy ko’riklardan biri tuman ko’p tarmoqli poliklinikasida o‘tkazildi. Unda nuroniylarimiz terapevt, kardiolog, okulist va boshqa soha mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildilar.