PROFILAKTIK TADBIRLAR
Zomin tumani FVB bo‘limi tomonidan joylarda aholiga, qurilish ishlari olib borilayotgan, qayta rekonstruksiya qilinayotgan va kapital ta’mirlanayotgan ob’ektlarning xavfsizlik holati, ShNK va boshqa me’yoriy-normativ hujjatlarga amal qilinishi borasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida quruvchilarga ob’ektda yong‘in yuz bergan vaqtda yoki favqulodda holat sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi, unda birinchi navbatda bo‘limning tezkor "101" yoki "1050" qisqa raqamiga zudlik bilan xabar berish lozimligi, fuqarolarni xavfli hududdan evakuatsiya qilish, shaxsiy va ish hujjatlarini xavfsiz joyga olib chiqish, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari kelgunga qadar yong‘in tarqalishining oldini olish xususida yo‘riqnomalar berilyapti.
Uchrashuvlar davomida quruvchilarni tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqmaslik, binolar, inshootlar, asbob-uskuna va jihozlardan faqat loyiha va ekspluatatsion-texnik hujjatlarda belgilangan maqsadlarda va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda foydalanish, qurilayotgan bino va inshootlar ichki hududida yonuvchi modda va materiallarni saqlamaslik, vaqtinchalik turar joylarda nosoz elektr pechlari, qo‘lbola gaz ballonlari va elektr sim va kabellaridan foydalanmaslik borasida tushunchalar berilib bormoqda.
Bunday tadbirlar tuman xududidagi “EVROAZIYA MOTORS” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishida ishlayotgan 25 nafar quruvchilar, “ENTER INGINEERING PTE.LTD” firmasi tomonidan qayta rekonstruksiya qilinayotgan “Muruvvat uyi” qurilish ishlarida ishlayotgan 145 nafar quruvchilari ishtrokida yig‘ilishlar o‘tkazilib tushuntirish ishlari olib borildi.
Zomin tuman FVB
boshlig‘i o‘rinbosari kapitan
Xolmuradov Sanjar
скачать dle 12.0