2023 yil 16 avgust kuni Turkman MFYda “Aholi va sektor rahbari” uchrashuvi va sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 4-sektor rahbari G.Xudaykulov, viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida tibbiy yordam, safarbarlik chaqiruvi rezervi to‘lovini amalga oshirishda amaliy yordam, ichimlik suv iste’moli to‘lovlaridagi muammolar kabi taklif va murojaatlar qabul qilindi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar vaqt va mablag‘ talab etilganligi sababli tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Topshiriqlar sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.