Bu yil O‘zbekistonda eng ulug‘ va eng aziz bayram davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi tantana qilinmoqda. Ushbu bayram “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oya ostida har bir oila va xonadon, qishloq va mahalla, shahar va tumanlar, butun O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan shodiyona ostida nishonlanmoqda.
☑️ O‘zbekiston atalmish shu buyuk Vatanga xalqimizning muhabbatini ifodalovchi bu ezgu so‘z har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nigora Omonova so‘zga chiqib, o‘z e’zgu tilaklari bilan barchani bayram bilan tabrikladi.
Bayram tabrigidan so‘ng tuman madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusida tayyorlangan bayram tomoshalari boshlandi. Jajji o‘g‘il-qizlarning sho‘x-shodon qo‘shiqlari bayram ishtirokchilari qalbida zavq-shavq uyg‘otdi.