Zomin tumani "Qayirma" da faoliyat istiqomat qilib kelayotgan, tumandagi faol tadbirkorlardan biri, “VERSAL AZIZBEK LAZIZBEK” OK rahbari Sultanov Ubaydulla fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda Zomin tuman hokimi o’rinbosari D.Mamadazimov tadbirkorlik sirlariga qiziqgan fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbirda “VERSAL AZIZBEK LAZIZBEK” OK rahbari Sultanov Ubaydulla o‘zi erishgan asosiy yutuqlar haqida so‘zlab berdi. Korxona faoliyati 2019 yilda ishga tushgan bo‘lib, xozirgi kunda ushbu korxonada 20 nafar mahalla aholisi ish bilan ta’minlangan.