Zomin tumani “Zomin BREWERY” MChJ korhonasi rahbari Sardorbek Akkulovning aholi bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ochiq muloqotda tadbirkorlar va tadbirkorlikka kirib kelayotgan yoshlar ham ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, so‘nggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilinganligiga e’tibor qaratib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar korxona rahbari bilan tadbirkorlik yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari, korxona raxbarining kelgusidagi rejalari to‘g‘risida hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning davlat va jamiyat uchun foydali tomonlari to‘g‘risida fikrlar almashishdi.