Zomin tumanida mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, Zomin tumanidagi “Beshkubi” mahalla fuqarolar yigʻinining zamonaviy talablar asosida qurilgan yangidan binosi foydalanishga topshirildi.
Mahalla binosining ochilish marosimida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Z.Omonqulov, Mahalla xayriya jamoat fondi Zomin tuman bo’linmasi boshlig’i soʻzga chiqib O’.Akkulov, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asl maqsadi va mamlakatni ertangi kundagi rivojlanishining muhim bosqichi, avvalo, mahalla institutining faoliyatini yanada takomillashtirish va nufuzini yuksaltirishga qaratilganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.