Ijtimoiy tarmoqlarda “Bu yerda yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish mumkin, ammo amalda...” sarlavhasi bilan
Zomin tumanidagi Dashtobod shaxar dehqon va buyum bozori hududi va uning atrofidagi yerlar o‘zboshimchalik bilan egallab olinayotganligi, bo‘sh turgan yerlar auksion orqali 3 yil muddatga berib yuborilib, qurilish ishlari olib borilayotganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Xaqiqatdan ham Dashtobod shahar dexqon va buyum bozori atrofidagi yerlarga bir nechta fuqarolar tosh to‘kib, o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini olib borayotganligi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi Zomin tumani bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, o‘zboshimchalik bilan qonun buzilish xolatlariga yo‘l qo‘ygan Fuqarolarga nisbatan chora ko‘rishlik uchun joyida dalolatnoma tuzilgan, o‘rganish davomida aniqlangan xolatlar yuzasidan fuqarodan tushuntirish xati olingan.
Qonuniy chora ko‘rilib, fuqaroga nisbatan jazo qo‘llanilishi yuzasidan huquqiy organlarga talabnoma yuborilgan.
Ayni vaqtda xolat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.