Sudining Sh.B. dan «Kapitalbank» ATB foydasiga 92 million so‘m kredit qarzini undirish, to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli «Nexia3» rusumli avtotransport vositasi qarzdorlik evaziga xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qarzdor Sh.B. olgan kreditini muntazam to‘lab borganida, avtomashinasi bo‘la turib piyoda qolmagan bo‘lar edi.
Byuroning Zomin tuman bo‘limi davlat ijrochisi
Erkin Rasulov