Xalqimiz kovul deb nomlagan bu noyob o‘simlik qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi.
Tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino kovuldan ko‘plab kasalliklarni davolashda qo‘l keladigan darmondorilar tayyorlash usullarini yozib qoldirgan.
Kovul yer tanlamaydi, agrotexnikasi ham murakkab emas, ya’ni parvarish talab etmaydi. U o‘zini o‘zi qo‘riqlaydi. Yangi ekilgan kovul 3 yilda hosilga kiradi hamda gektaridan 20 tonnagacha hosil yig‘ishtirib olish mumkin.
Agar har gektar kovulzor mahsuloti eksport hisobiga 125 ming AQSh dollari miqdorida samara berishi mumkinligini nazarda tutsak, uning koni foyda ekanligi o‘z-o‘zidan ayon.
Jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan kovul fermerlarimiz iqtisodini mustahkamlaydigan, serdaromad omillardan biridir.
Zomin tumanidagi “Zomin Sahovat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ish boshlaganiga xali ko‘p bo‘lgani yo‘q.
Ispaniya va Turkiya davlatlariga kovulzor mahsulotini eksport qilmoqda.
Prezidentimiz joriy yilning 15 may kuni o‘tkazgan yig‘ilishda aholini ish bilan ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy rag‘batlar taqdim etish zarurligini qayd etdi.
Shu maqsadda 2023 yil 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boshlanadi. Mazkur dasturni bajarish uchun barcha manbalardan 1 milliard dollarga teng mablag‘ ajratiladi.
50 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratgan “Zomin Sahovat” jamiyati ham mazkur dasturga kiritilib, soliqlardan alohida imtiyozlarga ega bo‘ldi.
Korxona xodimlari tomonidan ayni damda 300 gektar yer maydonida kovilning “O‘zbekiston – 20” navini yetishtirmoqda.
O‘tgan yili 300 tonna kovul mahsuloti yetishtirildi. Bu yil esa 500 tonna kovul mahsuloti sotilishi rejalashtirilgan.
Dasturga kiritilgan korxonaga bankdan 300 million so‘mlik imtiyozli krediti hisobidan xorijdan kovilni saralab, qoliblaydigan zamonaviy texnologik uskunalar keltirib o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Faoliyatni kengaytirish hisobiga 80 doimiy, 200 mavsumiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.