O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning 65 % ga yangilangan va ancha to‘lishgan bosh qomusi 2023 yilning 01 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli Qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bunga qadar 1992 yildan buyon Konstitutsiyaga jami 15 marta o‘zgartirish kiritilgan. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Misol uchun, 30-modda [ОКОЗ:
1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.12.00.00 Жиноят-процессуал қонунчилиги / 16.12.11.00 Ҳукм, ажрим, қарорларнинг қонунийлигини, адолатлилигини ва асослилигини текшириш]
Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. [ОКОЗ:
1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.11.00.00 Жиноят қонунчилиги / 16.11.03.00 Жазо ва унинг тайинланиши. Жиноий жавобгарликдан ва жазодан озод қилиш]
Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emasligi.
31-moddada.
[ОКОЗ:
1.01.00.00.00 Конституциявий тузум / 01.06.00.00 Инсон ва фуқаронинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчлари / 01.06.02.00 Асосий (Конституциявий) шахсий ҳуқуқ ва эркинликлар / 01.06.02.02 Эркинлик ва шахсий дахлсизлик ҳуқуқи]
Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. [ОКОЗ:
1.01.00.00.00 Конституциявий тузум / 01.06.00.00 Инсон ва фуқаронинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчлари / 01.06.02.00 Асосий (Конституциявий) шахсий ҳуқуқ ва эркинликлар / 01.06.02.09 Бошқа шахсий ҳуқуқ ва эркинликлар]
Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
[ОКОЗ:
1.01.00.00.00 Конституциявий тузум / 01.06.00.00 Инсон ва фуқаронинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчлари / 01.06.02.00 Асосий (Конституциявий) шахсий ҳуқуқ ва эркинликлар / 01.06.02.03 Фуқаронинг шаъни ва обрўсига тажовузлардан, унинг шахсий ҳаётига аралашишдан ҳимояланиш, турар жой дахлсизлиги ҳуқуқи]
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Zarbdor tumanlararo sudi raisi
J.esanov