Zomin tumani 12-sonli musiqa va san’at maktabida "Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi" shiori ostida "XXI asr ayoli" xotin-qizlar festivali o‘tkazildi.
Festivalda Tuman Oila va xotin-qizlarbo'limi boshlig‘i N.Omonova ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini bayram tadbiri bilan tabriklab xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni haqida to‘xtaldi.
Tadbir davomida tuman hokimligi tomonidan tumanda har jabhada ilg‘or va tashabbuskor xotin-qizlar, sport sohasida, musiqa va san’at sohasida hamda ta’limda yuqori natijaga erishgan xotin-qizlar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Tadbir kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.
Zomin tuman hokimligi Axborot xizmati