Har bir yosh avlodni o‘z farzandidek ardoqlab, uning tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoyi kasb egalaridir.
Kelajak avlod, ilmga tashna o‘g‘il-qizlarga bilim berib kelayotgan ustoz va murabbiylar bayrami yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Bugun 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan Zomin shahri markazidagi “Osiyo” tantanalar uyida bir guruh ustoz va murabbiylar jamuljam bo‘lishdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan tuman hokimi A.Abdug’aniyev tadbir ishtirokchilarini tabriklar ekan, keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga oshirilayotganini ta’kidlab, muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tibori ekanligini, - aytdib o‘tdi.
Shuningdek, tantanali bayram tadbiri davomida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hassasi hamda bitiruvchi yoshlarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan bir qator umumta’lim maktabi direktorlari, professional ta’lim vakillariga tuman hokimining tashkkuronmasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.