Matbuot anjumanida, tumanda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidagi yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili yuzasidan fikr almashildi.
Qaror ijrosini ta’milash, xususan, Jizzax viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, foydalanilmayotgan davlat aktivlari, mavjud tabiiy resurslar zaxiralari, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidagi yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, aholi bandligini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 2023-yilda amalga oshiriladigan investitsiya, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalariga oid loyihalar va yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining tuman kesimidagi ro‘yxatini va ularni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash, investitsiya, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalariga oid loyihalarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish ustidan doimiy monitoring o‘rnatish, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, yo‘l-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning manzilli ro‘yxatini shakllantirish kabi masalalar yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi.