O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jizzax viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi qaroriga asosan
- “Eng yaxshi mahalla raisi”
- “Eng yaxshi hokim yordamchisi”
- “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”
- “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”
- “Eng yaxshi profilaktika inspektori” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda mahallalardagi beshlik a’zolari bir qancha shartlar asosida o‘zaro bellashdilar. Asosan, bunda o‘z yo‘nalishidagi faoliyatida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga alohida e’tibor berildi.
Tanlovning tuman bosqichi natijalariga ko‘ra “Eng yaxshi mahalla raisi” yo‘nalishadi Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D. Mirzaaxmedov, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” yo‘nalishida Paxtakor mahallasi hokim yordamchisi E. Musaev, “Eng yaxshi Xotin-qizlar yo‘nalishida” Qayirma mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli G. Maxsudovalar g‘olib deb topilib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Viloyat bosqichi shu yilning 15 oktyabriga qadar bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, mazkur bosqichda zominlik faollarimizga muvaffaqiyat tilab qolamiz!