Davlatimiz rahbari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida bo‘sh turgan yerlarga ko‘chatlar ekish belgilangan edi. Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida Zomin tumanida yashil maydonlar hududi kun sayin oshib bormoqda.
Jumladan, bugun Zomin tumani qishloq xo‘jaligi, Zomin tumani fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, O‘zbekiston SIU xududidagi fermerlar bilan birgalikda “Dala chetlariga tut, tok va boshqa ko‘chatlar ekilishi” bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar O‘zbekiston SIU xududidagi “Nasdor dala chorvasi” fermer xo‘jaligi dala maydonida tashkil etildi.
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGI
AXBOROT XIZMATI