Bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi, 1-sektor rahbarining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Uni tuman hokimining o‘rinbosarlari S.Anvarov, N.Omonova olib bordi.
Qabulga tashrif buyurganlar asosan imtiyozli kredit olish, sog‘ligi borasida malakali tibbiy xizmatga ehtiyojmandlik, turar joy ta’miri, doimiy ish o‘rinlari bilan bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kadastr hujjatlari, gaz, suv va elektr energiyasidan qarzdorlik, aliment undirish kabi masalalarda murojaat qildilar.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tegishli tashkilot va idora rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirok etishdi.
Unda murojaat qiluvchilar tomonidan berilgan og‘zaki va yozma arizalar o‘rganilib, tegishli ravishda tushuntirishlar berildi, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan idora va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar taqsimlandi.
Qayd etish lozimki, har bir qabul mobaynida kelib tushgan ariza va murojaatlar sinchkovlik bilan o‘rganiladi. Hech bitta murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Jamiyatdagi, aholi o‘rtasidagi kamchilik va muammoli vaziyatlarning bartaraf etilishi, ijobiy natijalarga erishilishi nazoratga olinadi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati