Slovakiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boreskiy boshchilik delegatsiya aʼzolari tumandagi “Zomin BREWERY” MChJ korhonasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev muzokaralar davomida tumanning iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha tushunchalar berib, tumanning asosiy drayver sohalari boʻlgan, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, turizm sohasida investitsiya loyihalarni xususida soʻz yuritdi.
Uchrshuv davomida Slovakiya davlati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida koʻplab ishlar amalga oshirilishi boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.
Oʻz oʻrnida elchi Viktor Boreskiy ham Zomin tumanini bugungi salohiyati haqida toʻxtalib oʻtar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha tayyorligini maʼlum qildi.