Soliqlar ta’lim, kam ta’minlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquq-tartibotni saqlash, mudofaa salohiyatini ta’minlash, infratuzilmani yaratish va rivojlantirishni moliyalashtirishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikning oshib ketishi davlat budjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblamagan.
Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning soliq qarzdorligini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida soliq to‘lovlar undiruviga oid jami ish yurituvdagi ijro hujjatlaridan 2588 ta ijro hujjatlari tamomlanib, 41 mlrd. 110 mln. so‘mlik qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, qarzdorlarga tegishli 45 ta 1 mlrd. 810 mln. so‘mlik mol-mulklari xatlovga olinib, shundan 1 ta, 508 mln. so‘m mol-mulklar auksion savdolariga chiqarilgan.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.