Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi tomonidan qizil toifaga kiritilgan hududlar jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, sayyor sud majlislari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Tuman sudining navbatdagi sayyor sud majlisi 2023 yil 23 noyabr kuni Zomin tumani “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini 2-sonli IIB binosida o‘tkazildi.
Tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisida 32 nafar shaxsga nisbatan 23 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. Shundan huquqbuzarlik sodir etgan 19 nafar shaxsga nisbatan 17 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanildi, 13 nafar shaxsga nisbatan 8 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish harakatdan tugatildi.
Jazo qo‘llanilgan shaxslardan 14 nafariga jarima jazosi, 5 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek
10 nafar shaxsga nisbatan yuritilgan 5 ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish taraflar yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatildi. Bundan tashqari 1 nafar shaxs nisbatan huquqbuzarlik aqli noraso shaxs tomonidan sodir etilganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 3-bandiga asosan harakatdan tugatildi, huquqbuzarlik harakatidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 2 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasi qo‘llanilib, javobgarlikdan ozod qilinib, ogohlantirildi.
Shuningdek tuman sudining raisi Sh.Shamshiev tomonidan tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni va 2023 yil 11 sentabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-823-sonli, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30, 31, 44, 65-moddalarining mazmun-mohiyati yuzasidan yig‘ilganlarga tushuntirishlar berib o‘tdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Zomin tuman sudi