Qabulda tumandagi barcha tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Qabulda fuqarolar uy-joy, subsidiya olish, kredit, bandlik, davolanish, nafaqa, suv va boshqa turli masalalar yuzasidan o‘z muammolari bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.
Mazkur masalalar ko‘rib chiqilib, barcha murojaatlar nazoratga olindi va bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Muddat talab etuvchi fuqarolarning murojaatlari ijrosini nazoratga olish borasida zarur topshiriqlar berildi va chora-tadbirlar belgilab olindi.