Har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan “kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo’limi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi, 12-sonli BMSM hamda tuman hokimligi hamkorligidagi tadbir tuman markazidagi 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etildi.
Unda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan o’g’il-qizlar fortepiano, torli cholg’ular, damli va zarbli cholg’ular yo’nalishi, estrada cholg’u ijrochiligi, xalq cholg’ulari, an’anaviy cholg’u ijrochiligi yo’nalishi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, yestrada xonandaligi, folklor va xor jamoalari yo’nalishi, xoreografiya, raqs – milliy, ball raqchi hamda zamonaviy raqslar yo’nalishi, tasviriy san’at, kulolchilik, zardo’zlik, quroqchilik, gilamdo’zlik, biser to’qish, dizaynerlik, yumshoq o’yinchoqlar, naqqoshlik, kashtachilik, yog’och o’ymakorligi yo’nalishi, nasr va nazm yo’nalishi kabi oltita yo’nalishlarda o’z iqtidorlarini sinovdan o’tkazdilar.
BMSM foyesida tashkil qilingan ko’rgazma barchaga birdek manzur bo’lgan bo’lsa, alohida xonalarda va asosiy zalda tashkil etilgan chiqishlar barchani bir mushtarak maqsad sari birlashtira oldi.
Tashkiliy qo’mita tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati har bitta yo’nalishda nominatsiyalar bo’yicha g’olib va sovrindorlarni aniqlab oldilar.
Yakunda tashkilotchilar tomonidan barcha sovrindorlar alohida diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Tanlovning viloyat bosqichiga esa o’z tengdoshlari orasida eng faol ishtirok etgan iqtidor egalari saralanb olindi.