O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi arafasida barchangizning guvohligingizda o‘z ish faoliyatini qaytadan boshlayotgan “Joloir” oilaviy shifokorlik punkti barchamiz uchun o‘ziga xos tarixga va ulkan ahamiyatga ega maskan hisoblanadi.
Bu yangi majmua, yaratilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq, tashrif buyuruvchi bemorlar uchun umid va najot qo‘rg‘oni bo‘lib, ularning dardlariga darmon bo‘lishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rib turganimiz ushbu ulkan bunyodkorlik ishlari shaxsan Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari orqali amalga oshirildi. Barcha zamonaviy shart-sharoitlarni o‘zida mujassam etgan majmuaning qurilishida 280 mln. so‘m mahalliy byutjet mablag‘lari evaziga kapital ta’mirlanib, qayta qurish ishlari olib borildi.
Shifo maskanining to‘la yangilangan holda, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanib o‘z faoliyatini boshlashi tuman aholisi uchun ham quvonchli habar bo‘ldi.