Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining navbatdagi targ‘ibot tadbiri O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi. Zomin tumani “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor sud majlisi va ochiq muloqot chog‘ida yig‘ilganlar e’tiboriga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qilindi.
Tuman sudi raisi Sh.Shamshiev tomonidan joriy yilning 30 aprel sanasida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasidagi o‘zgarishlar, kiritilgan yangi normalar haqida yig‘ilish qatnashchilariga huquqiy ma’lumotlar berildi.