Joriy yilning 25-noyabridan 10-dekabrigacha “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida Zomin tumanida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Zomin tumani 60-maktab Kelajak kasblar markazi majlislar zalida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mahalla xotin-qizlar faollari va tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi o’rinbosari N.Omonova, Zomin tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori leytenant Hoshimova Umida, Zomin tumani IIB terrorizmga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili leytenant O'razaliev G'ayrat, mahalladagi xotin-qizlar faollari, maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirida xotin-qizlarni turli xil yot g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish, gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish haqida so‘z yuritildi.