Yurtimizga qish fasli kirib keldi. Dekabr oyining ilk kunlaridan boshlab Respublikamizning barcha hududlarida xavo harorati keskin tushib ketdi. Ob-xavoning keskin tushib ketishi natijasida yosh mevali daraxtlar, uzum va anor ko‘chatlariga zarar yetadi. Natijada ko‘chatlar nobud bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklari tomonidan uzum va anor ko‘chatlarini anomal sovuqdan saqlash uchun muxim agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish jumladan uzum va anor ko‘chatlarini butash, ko‘chat oralarini 25-30 sm chuqurlikda haydash, ko‘chatlarni ko‘mish ishlarini amalga oshirish kerak.
“O‘zagroinspeksiya”ning Zomin tuman bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi bo‘limida fermer xo‘jaliklari va mas’ul hodimlarga ushbu masalalar yuzasidan seminar yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘tkazilgan seminar yig‘ilishda “O‘zagroinspeksiya”ning tsman bo‘limi boshlig‘i Sh.Q.Turdibekov yig‘ilganlarga qish oylarida uzumzor va anorzorlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qildi.
Birinchi navbatda tokzor va anorzorlardagi to‘kilgan barglarni yig‘ib olish va daladan tashqariga olib chiqish kerak. So‘ng tokzor va anorzorlarning atrofini 25-30 sm chuqurlikda haydash, qurib qolgan va kasallangan novdalarini qirqib olib tashlash kerak. Bunda tok novdalarini kesishda avvalo kasalliklar bilan zararlangan novda va zanglar qirqib olinib tok plantatsiyasidan tashqariga olib chiqilib yoqib yuborish kerak. Ob-xavo sharoitiga qarab yog‘ingarchilik bo‘lmagan kunlarda kasalliklarga qarshi dorilash, noyabr-dekabr oylarida ko‘chatlarga yaxob suvi berish kerak. Uzum va anor ko‘chatlarini osilgan shpallerlardan tushirib ko‘mish kerak. Bo‘z tuproqlardagi tokzorlarlarga har yili 60-90 kg fosfor va 60 kg kaliy solinishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu orqali bog‘ va tokzorlarning hosildorligi hamda turli xil kasalliklarga va sovuqga chidamliligi oshiradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa bog‘-tokzorlarni qishki mavsumga tayyorgarligi ta’minlanadi.
Hurmatli fermerlar uzum va anor ko‘chatlarini sovuqdan saqlash uchun qishki agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshiring. Zero sovuq ko‘chatlarni nobud qilmasin.
O‘zagroinspeksiyaning Zomin tumani
bo‘limi boshlig‘i
Sh.Turdibekov