Ijtimoiy tarmoqlarda Президентимизни гаплари қишлоққа етиб келмаябди➖Зомин mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan "ZOMINTUMANGAZTA’MINOT" bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Zomin tumanidagi tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish ishi reja-grafik asosida tashkil etilgan bo‘lib, har bir hududga navbati bilan 40-45 kun oralig‘ida suyultirilgan gaz ballonlari tarqatiladi. Biroq, ba’zi fuqarolar aynan o‘sha kunlari uyda bo‘lmaganliklari, boshqa sabablar bilan bo‘shagan gaz ballonlarini to‘lasiga almashtirib olmaydi. Natijada, keyinchalik bir hududda bir-ikkita suyultirilgan gaz ballonlariga extiyoj paydo bo‘ladi.
Shu o‘rinda Fuqarolarimizdan suyultirilgan gaz ballonlari tarqatiladigan kunlari oldindan xabardor bo‘lib, mas’ullar, xudud nazoratchilarining ogoxlantirishlariga binoan bo‘shagan ballonlarini xozirlab qo‘yishlarini so‘rab qolamiz.
Ayni vaqtga kelib, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishda uzilishlar bo‘lgani yo‘q.