Ma’lumki, bugungi Energetika tuzilmalarining o‘nlab yillar oldin qurilgan va o‘nlab yillar ta’mirlanmagan infratuzilma eskirib ketgan, buning barini epaqaga keltirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarni amalga oshirish, quyosh panellari ishlab chiqarishni moliyalashtirish, gidroelektr stansiya qurilishi uchun esa o‘ziga yarasha mablag‘ kerak.
Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan energiya uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lab kelinadi, ya’ni to‘lov intizomi olti yillar oldingiga nisbatan tubdan o‘zgarganligini e’tirof etish lozim. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmasdan, iste’mol qilgan energiyasining pullarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlar ham talaygina.
Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan ijro hujjatlariga asosan joriy yilning 8 fevral kunidan Energiya resurslaridan qarzdorligi uchun 692 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 9 mlrd. 791 mln. so‘m amalda undirildi. Shuningdek, 5 ta ijro ishi bo‘yicha 12 mln. so‘m qarzdorlik qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan bo‘lsa, 2 ta 55 mln. so‘mlik mulklar xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi.
Ushbu undirilgan pullar kelgusida mamlakatimiz energetika tuzilmalarini modernizatsiya qilinishida xizmat qiladi.