Uchrashuvda tegishli hokim o'rinbosarlari, soha mas'ullari hamda tumanda turli soha va yoʻnalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tgan uchrashuvda tadbirkorlarga yurtimizda soliq siyosatida bo'layotgan yangiliklar, chiqarilayotgan qarorlar va tadbirkorlarni har taraflama qo'llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan yangi islohotlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, tuman hokimining 1-o’rinbosari tumanda biznesni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor hal etish yoʻlida olib borilayotgan saʼy-harakatlarga ham to'xtalib, tadbirkorlarlarning oʻz faoliyatlari bilan bogʻliq muammo va takliflari yuzasidan fikr almashildi.