O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-son Farmoni ijrosi yuzasidan Zomin tumani 1-sektor hududida muntazam ravishda ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida tuman hokimi A.Abdug’aniyev, Zomin tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Abduganiev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvi Zomin tumani elektr taʼminoti korxonasi binosida “Sh.Rashidov” mahalla fuqarolari uchun bo’lib o’tdi.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idora rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida tuman hokimi mahallada aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, shu jumladan, xotin-qizlar uchun ish o‘rinlari tashkil qilish kabi masalalarga to'xtalib o'tdi. Qabulda fuqarolar uy-joy, subsidiya olish, kredit, bandlik, davolanish, nafaqa, suv va boshqa turli masalalar yuzasidan o‘z muammolari bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.
Sayyor qabulda 15 nafar fuqarolardan turli xil mazmundagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, shundan 6 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish talab qiladigan qolgan murojaatlar nazoratga olindi.