Ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilgan Jizzax viloyat Zomin tuman “Gulshan” MFYda yashovchi fuqaro X.Xazratqulovning murojaati oʻrganildi.
Murojaatga javoban, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-408-son qaroriga asosan Jizzax viloyatining Zomin tuman “Gulshan” va “Nurlikent” MFYlardagi aholi xonadonlarini gazlashtirish bo’yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan D-159-102 mm uzunligi 9,671 km tabiiy gaz tarmog’ini qurish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda obyektga D-159-102 mm uzunligi 9,671 km tashqi tabiiy gaz tarmog’i qurilib, foydalanishga tayyor holga keltirilgan.
Bugungi kunda ushbu hudud ichki gaz tarmoqlari aholi tomonidan to’liq tortib tugatilmaganligi sababli, “Zomintumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Shu bois, ichki gaz tarmoqlari to’liq tortilgandan so’ng ushbu hududda yashovchi aholi xonadonlari tabiiy gaz tarmog’iga ulanishlari uchun avvalo O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” hamda 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori talablariga asosan Davlat xizmatlar markaziga murojaat qilishlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5-avgustdagi 430-sonli qarorining 10-bandiga asosan elektron gaz hisoblash uskunalarini o’zlarining mablag’lari hisobidan sotib olib o`rnatishlari maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.