Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy- tadqiqot institutining Zomin ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi.
Ilmiy-tajriba stansiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli hamda sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan nav va duragaylarini yaratish;
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishning zamonaviy resurs tejaydigan texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish va ularning hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida ilmiy xodimlarni tayyorlash, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Ilmiy-tajriba stansiyasi yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.