Zomin Milliy tabiat bog‘i yilning to‘rt faslida ham odamlar bilan gavjum. Hududning o‘ziga xos tabiati, obi-havosi, geografik joylashuvi kishini o‘ziga jalb etadi. Bu yerda ko‘p yillar davomida faoliyat yuritayotgan sog‘lomlashtirish markazi, sayyohlarning tabiatdan bahra olish uchun yaratilgan ekotrustik manzillari, yaqinda jahon andozalari darajasida qurib bitkazilgan dor yo‘li, osma ko‘prik va barcha sharoitlarga ega bo‘lgan mehmonxonalar, dam olish maskanlari bu yerga keluvchilarning xordiq chiqarishi va salomatligini tiklashi uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi.
Aytish joizki, kelayotgan sayyohlar sonining ko‘payishi atrof-muhitning ozodaligi, o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, hududning ekologik barqarorligi saqlash ishlarini yanada sifatli tashkil etishni taqozo etadi. Shu sababli Zomin Milliy tabiat bog‘i ma’muriyati bog‘ hududida ekologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida muntazam nazorat ishlarini olib bormoqdalar.
Milliy bog‘ hududiga kirish darvozasi nozirlr tomonidan doimo nazorat qilib borilmoqda. Darvozadan kirish eshigida fuqarolarning avtomashinalari ko‘zgan kechiriladi va ularga bog‘da dam olish uchun uchun yaratilgan barcha shart sharoitlar, imkoniyatlar, shu bilan biralikda ekologik huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik haqida tushuntirish ishlari olib boriladi. Barcha dam olish maskanlari hududida chiqindi qutilari joylashtirilgan bo‘lib, yo‘llar, ariqlar va buloqlar atrofiga o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, suv resurslarini iflos qilmaslik, olov yoqmaslik, dorivor o‘simliklarni termaslik va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash lozimligi buyicha tayyorlangan maxsus yo‘l belgilari, ko‘rsatmalar o‘rnatilgan.
Xulosa qilib aytganda Zomin tabiat milliy bog‘i yurtdoshlarimizning dam olishi vatabiatdan bahra olish uchun eng maqbul ekoturistik manzillardan biri hisoblanadi.