Hurmatli tadbirkor!
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, davlat statistika organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun barcha turdagi davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda avtomatlashtiradigan eStat 4.0 (hisobot.stat.uz) dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.
Hurmatli tadbirkor, Sizning korxonangiz kichik tadbirkorlik sub’yektlari toifasiga taalluqli bo‘lganligi sababli, 2023 yil yakuni bo‘yicha 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida” gi davlat statistika hisobotini 2024 yilning 27 fevralidan, Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar 2024 yilning 27 martidan kechiktirmay taqdim etishingiz zarur.
Iltimos, o‘z vaqtida hisobot taqdim etishni unutmang !!!
Mansabdor shaxslarning statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Zomin tuman statistika bo’limi