Ijtimoiy tarmoqlarda “Gulshan qishlog‘imizdan kelgan xabarlarga ko‘ra, yangi qurilgan mahalla binosida 3 oydan beri deyarli svet yo‘q...Openbudjetda g‘olib bo‘lib yutgan 1 mlrd 200 mln so‘mlik ko‘cha yoritgich chiroqlari ham yonmaydi ekan”, mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan Zomin tumani Obodonlashtirish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
To‘lov hisob-kitoblaridagi xatolik tufayli foydalaniladigan elektr energiyasiga oldindan to‘lov uchun Boshqarma tomonidan 0688600059-sonli G‘aznachilik memorial orderi orqali Zomin tuman Elektr tarmoqlari korxonasi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘ni Zarbdor tuman Elektr tarmoqlari korxonasi hisobiga o‘tkazilish hamda hisob-kitob qilinishi bilan mazkur holatda qayd etib o‘tilgan kamchilik va muammolar to‘liq hal etiladi.