Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Мактабда яна пул сўрашаяпти" mazmunidagi xabar yuzasidan Zomin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi quyidagilarni malum qiladi:
Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tuman MMTBga qarashli 40 - maktabda oʻquvchilardan majburiy ravishda pul yigʻilayotgani haqidagi tarqalgan xabar mutlaqo asossiz boʻlib, aslida 2024 yil 13 fevral kuni “Zomin” sug’urta markazi idorasi xodimi M.Omonova 40-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori O‘.Alibekov bilan o‘quvchilarni ixtiyoriy sug‘urta qilish bo‘yicha telefonda suhbatlashgan.
Maktab direktori o‘qituvchilarga “Hohlagan o‘quvchilar ixtiyoriy ravishda o‘z hayotlarini 5 ming so‘mga bir yilga sug‘urta qilishlari mumkin”, deb topshiriq bergan.
Maktab direktori va xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatda o‘quvchilardan sug‘urta uchun hech qanday pul mablag‘lari yig‘ilmaganligi ma’lum bo‘ldi.