O‘zbekiston Respubilkasi Prezidentining 2024 yil 2 fevralda “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28 sonli farmoni yuzasidan Zomin tuman hokimligi katta majlislar zalida Zomin, Yangiobod, Zarbdor tuman Kengashi deputatlari ishtirokida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Oliy Majlis Senati a’zolari Alimova Xolida Raupovna, Suyarova Sanobar Zarfullaevna, Jizzax viloyati Kengashi kotibiyat mudiri Karimova Nodira Hazratovna hamda Zomin tuman hokimi Abdug’aniyev Alisher Muxammadiyevich ishtirok etdi.
Ushbu farmonga ko‘ra davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning dolzarbligini va barcha uchun ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, targ‘ibot ishlarini kengaytirish masalalariga to‘htalib o‘tildi. Shuningdek, tumanlardagi ijtimoiy soha masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida Zomin tumani 23-“Turkman” saylov okrugidan saylangan deputat Nishonov Erkin Sayfullaevich, Yangiobod tumani 2 “Balanchaqir” saylov okrugidan saylangan deputat Begmatov Olimjon Isroilovaich hamda Zarbdor tumani 19-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat Allamurodov Mirza Ishmatovich hamda Zomin tumani 25-“Yom”saylov okrugidan saylangan deputat Mamatqulov Raxmonqul Xo‘jimovichlar so‘zga chiqib o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.