O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 5-fevral kuni tasqidlagan PQ-55 sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va qonun buzilishlarining oldini olish, ularda bunday xolatlarga murosasiz munosabatda bo'lish xissini shakllantirishga qaratilgan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining "Xavfsiz maktab" konsepsiyasi asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilar o'rtasida qonun buzilishlar, axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, Vatanga sodoqat xissini shakllantirish, darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan o'quvchilarni aniqlash, sabablarini o'rganish hamda mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish vazifalari yuklatilgan.
Bundan maqsad esa farzandlarimizni kerakli bilimlarni olib, bilimli, ma'naviy yetuk va vatanga sadoqatli shaxslar bo'lib kamolga yetishtirishdir. Ushbu qarorni bajarish asnosida Zomin tumanidagi 60-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi va ota-onalar komissiyasi bilan kelishgan holda bir muhim tashabbusni ilgari surmoqda. O'quvchilarning ota - onalari har kuni har bir darsda navbat bilan darslarni kuzatuv - tahlil tadbirlarini amalga oshirmoqda. Navbat bo'yicha o'quvchilarning ota-onalari kelib, farzandlari tahsil olayotgan sinfda birga darslarda ishtirok etishmoqda. Ota-onalar ham bevosida farzandlarini darsda ishtirok etishini guvohi bo'lib, o'z fikr - mulohazalarini maxsus daftarga yozib ketishmoqda. Oyni ohirida ushbu tashabbusni hulosaviy hisobot - majlisi o'tkaziladi.
O'zlarining qimmatli vaqtlarini ajratib, farzandlarining kelajagini o'ylab, bilim olishini nazorat qilish uchun tashrif buyurgan barcha ota-onalarga maktab ma'muriyati tomonidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz!