Zomin tumani Axborot xizmatining reja-grafigiga asosan, Zomin tumani hokimligining “sharq tongi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda Zomin tumani “Suvoqova” davlat unitar korxonasiga media-tur uyushtirildi.
Mazkur tadbirda bugungi kunda Zomin tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tumanni toza ichimlik suvi va oqova suv bilan qamrab olish holatlari yuzasidan Unitar korxona mutasaddilari bilan suhbat uyushtirilib, manzilli tarmoqlar holati joyida o‘rganildi.
Ma’lumot uchun aytib o‘tish lozimki, mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zomin tumani “Suvoqova” davlat unitar korxonasi tomonidan qator ishlar amalga oshirib kelinayapti.
Jumladan, Zomin tumanidagi 1-sektor hududida “Qayirma” mahallasi Mustaqillik ko‘chasidagi qator xonadonlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tarmoq tortish, hududning Bog‘ishamol mahallasi Eski Zomin, Fayzli, Sohilbo‘yi, Bog‘ieram ko‘chalariga yangi toza ichimlik suvi tarmoqlari tortish, Sh. Rashidov mahallasi Soybo‘yi ko‘chasida yangi ichyaimlik suvi tarmog‘ini tortish, Birlik mahallasining Nayman ko‘chasiga 1 kilometr, Mingchinor va Tong tyulduzi ko‘chalariga 2.1 kilometrlik tarmoq tortish, Xalqobod mahallasining bir qator ko‘chalariga ichimlik suvi tarmog‘i qurish, tumandagi “Yuksalish” mahallasi Achchi qishlog‘ida ichyaimlik suvi tarmog‘ini qurish, Dashtobod shahri Beruniy mahallasidagi suv inshootini rekonstruksiya qilish, Obi hayot qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi Qo‘ng‘irboy, Beshbegi, Bo‘rjig‘on qvishloqlari, hududdagi bir qator ko‘chalarga ichimlik suvi tarmog‘i tortish va artezian quduqlarini o‘rnatish kabi ishlar amalga oshirilib, aholinining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabi qondirildi.
Unitar korxonasi tomonidan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining tegishli qarorlari bilan bir qator mahallalardagi yangi aholi xonadonlariga, qator qishloqlarga toza chimlik suvi tarmog‘i tortilib, artezian quduqlari qurilayotgani va tumandagi bir qator kanallar, beton ariqlar butkul rekonstruksiya qilinayotgani qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, Zomin suv qabul qilish inshootidan tozalash inshootigacha ikkinchi tarmoq qurilib, Zomin suv tozalash inshooti kompleks rekonstruksiya qilindi. Bir necha loyihalar ustidagi ishlar yildan yilga o‘tuvchi loyihalar sifatida davom etmoqda.
Media-tur davomida Zomin suv qabul qilish va tozalash inshootlarida ham bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan kompleks rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi. O‘rnatilgan yangi uskunalar, nasos va tozalash hovuzlari sifati, ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishildi.