O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘shish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-402-son qarori bilan belgilangan "Yo‘l xarita"ning 22-bandida "Eng namunali mahalla raisi" tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Joriy yilning 29-fevral kuni "Eng namunali mahalla raisi" tanlovining Zomin tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov nizomida belgilangan 3 shart asosida o‘tkazildi.
✔️Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni "G’allakor" MFY raisi Nazirqul Yuldashevich,
2-o‘rinni "Qo’shtol" MFY raisi Qaxramon Umrboyevich,
3-o‘rinni "Oqtepa" MFY raisi Bunyod Baxodirovichlar egalladi.
Tanlov g‘oliblariga va ishtirokchilariga Zomin tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida O’zbekiston Respublikasi Mahallalar uyushmasi tomonidan mahalla raislariga kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Nazirqul Yuldashevichga "Eng namunali mahalla raisi" tanlovining viloyat bosqichida omad tilaymiz.