O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligining “Ochiq budjet” portali orqali Zomin tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan kiritilgan takliflarni tuman komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda tuman “jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya a’zolari tuman aholisidan kelib tushgan jami 126 ta takliflarni o‘rganib chiqib, kelib tushgan takliflar mezonlarga muvofiqligi hamda tadbirlar amalga oshirilishi imkoniyatlarini o‘rgangan holda ovoz berish bosqichiga o‘tkazish yoki rad etish yuzasidan qaror qabul qilishdi.