Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan DXX Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari oilalari ishtirokda “Namunali harbiy oila” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar “Oilam mening baxtim”, “Men uddaburon oila bekasiman”, “Farzandim dilbandim”, “Karving san’ati” shartlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini ishga solgan holda g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Milliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhi aks etgan bellashuvda har bir oila o‘z chiqishi orqali oila ma’naviyati, madaniyatini eng go‘zal ko‘rinishlarda ifoda etishdi.
Shuningdek, ishtirokchilarning kuy-qo‘shiq va raqslar ijrosi yuksak baholandi.
Tanlovda, lll darajali serjant Dilmurod Satimov oilasi g‘olib bo‘ldi. lll darajali serjant Muzaffar Amanov oilasi ikkinchi va kichik serjant Usmonali Dadaboevlar oilasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan diplom, va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.