Ommaviy sayyor qabulda aholi muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari, viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul avvalida tumandagi 20-nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar sertifikati topshirildi.
Ommaviy qabulda aholi tomonidan davolanish va dori-darmon, uy-joy taʼmiri va ijtimoiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Sayyor qabul davomida 49-nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 33-nafarining masalalari joyida hal etilgan bo’lsa qolgan 16-nafar fuqarolarning murojaatlari tegishli tashkilotlarga ko‘rib chiqish va ijro etish uchun topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.